Qo'ziqorinli balish
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 35 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 2945.7 ккал
- 2015-10-26 16:53:53
- 0
- 0
- 7108
Masalliqlar
- kartoshka - 3 dona
- piyoz - 2 dona
- kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
- sut - 100 ml
- ziravor - 1 ta'bga ko'ra
- pishloq - 100 gr
- tovuq filesi - 150 gr
- qo'ziqorin - 150 gr
- qatlama xamir - 400 gr
Tayyorlash usuli
1. Tovuq go'shtini somoncha shaklida to'g'rang. Archilgan piyoz va kartoshkani to'rtburchak shaklida kesasiz.
2. Qo'ziqorinni chayib, so'ng parrak qilib to'g'rang. Qizdirilgan tovaga kungaboqar yog'idan solib, to'g'ralgan masalliqlarni 5 daqiqa davomida qovurib oling. Tuz, murch va sutni qo'shib, 2-3 daqiqaga dimlab qo'ying.
3. Xamirni ikki bo'lakka ajrating-da, har birini 0,5 sm qalinlikda yoying. Birinchi bo'lagining ustiga masalliqlarni joylab, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni seping.
4. Ikkinchi xamir bilan pirogni ustini yoping. Yuzasiga atalangan tuxum surtishni unutmang. Pirog qizdirilgan gaz pechining 180-200 daraja haroratida pishiriladi.