Ruletli pissa

  • 2015-10-26 17:25:56
  • 0
  • 0
  • 7396

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
  • un - 250 gr
  • shakar - 1.5 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 120 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • xamirturush - 1 choy qoshiq
  • ko'kat - 1 bog‘
  • tomat pastasi - 150 gr
  • pishloq - 100 gr
  • dudlangan kolbasa - 100 gr

Tayyorlash usuli

1. O'rtacha kattalikdagi idishga qaynoq suv, shakar va xamirturushni solib, aralashtiring. Aralashmani 5 daqiqaga qoldiring.

2. Dudlagan go'shtni parrak shaklda to'g'rang. Tuxumni piyolaga solib atalang.

3. Xamirturush ko'pirib chiqqach, tuz, kungaboqar yog'i va unni qo'shib, xamir qoring.

4. Tayyor ko'rinishga kelgan xamirni taxminan 25 x 40 sm.lik shaklda yoyib, yuzasiga ketchup surting. Ustidan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqning yarmini sepib, so'ng dudlangan go'shtni tering.

5. Pitstsa ko'rinishiga kelgan xamirni rulet shaklida o'rang. Yuzasiga atalangan tuxumni surting. Rulet shaklida taxminiy bo'laklarga ajratib, pichoq bilan belgilab oling. So'ngra pishloqning qolgan yarmi va ko'katlarni seping. Ruletni pitstsa qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, yuzasi qizargunicha pishiring.