Karamli pirog

  • 2015-10-27 14:21:21
  • 0
  • 0
  • 7335

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • tuxum - 2 dona
  • suv - 0.5 stakan
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • xamirturush - 1 choy qoshiq
  • smetana - 1 stakan
  • karam - 500 gr
  • ziravor - 1 ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

1. Karamni mayda somoncha shaklida to'g'rab, yog' solingan tovada qovurib oling. Ta'bga ko'ra tuz, ziravorlar va suv solib, dimlang.

2. Un, qatiq, tuxum, smetana, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring. Masalliqlarga sovutilgan karamni qo'shing.

3. Pishiriq qolipi yoki tovaning tagini yog'lab, karamli xamirni soling. Pirog qizdirilgan gaz pechining 200 daraja haroratida pishiriladi.