Lavashli qalamchalar

  • 2015-10-27 14:58:31
  • 0
  • 0
  • 7811

Masalliqlar

  • mol go'shti - 200 gr
  • pomidor - 3 dona
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • ko'kat - 0.5 bog‘
  • pishloq - 100 gr
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
  • lavash - 2 dona

Tayyorlash usuli

1. Dudlangan go'shtni yoki pishirilgan mol go'shtini maydalab somoncha shaklida to'g'rang. Pishloqni qirg'ichdan o'tkazing. Sarimsoqpiyoz, pomidor va ko'katlarni maydalang.

2. Barcha masalliqlarni aralashtirib, tuz, murch qo'shing-da, tuxum sarig'i soling.

3. Lavashni xamirini uchburchak shaklda kesing. Eng chekkasiga qiymadan solib, rulet shaklida o'rang. Tuxum oqini surtib, qizdirilgan o'simlik yog'ida ikkala tomonini qizartirib qovuring.