"Aylanay" pirogi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 4433.11 ккал
- 2015-10-27 15:11:08
- 0
- 0
- 6604
Masalliqlar
- un - 400 gr
- soda - 0.5 choy qoshiq
- qavartma - 1.5 choy qoshiq
- mayonez - 100 gr
- margarin - 200 gr
- murabbo - 0.5 litr
Tayyorlash usuli
1. Qirg'ichdan o'tkazilgan margarinni 2 st. un bilan uvalab oling. Aralashmadan yarim piyola ajratib qo'ying.
2. Margarinli masalliqqa tuxum va iste'mol sodasi qo'shilgan mayonezni qo'shing. Unning qolgan qismini solayotganda xamiryumshatgichni ham aralashtirib oling. Xamir yumshoq chiqishi kerak.
3. Tayyor xamirni gaz pechi patnisiga joylab, ustiga maymunjon jemini surting. So'ng margarinli aralashmadan olib qo'yilganini sepib chiqing.
4. Pishiriq 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida tayyor bo'ladi.