Qiymali bedana tuxumi
- Muallif: Гулчехра Ибрагимова
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 120 ккал
- 2015-09-15 10:21:07
- 0
- 0
- 8273
Masalliqlar
- kartoshka - 100 gr
- piyoz - 70 gr
- tuxum - 15 dona
- tuz - 0 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
Istalgan baliq turini (biz salmon balig‘idan foydalandik) qiltanoqlaridan tozlangan joyi, qaynatilgan kartoshka va piyozni qo‘shib qiymalagichdan o‘tkazib tuz, qora murch va bir dona bedana tuximini chaqib, yaxshilab qiymani aralashtirib olinadi.
So‘ngra tuxumlarni qaynatib, po‘sti archilib tozalanadi.
Va xuddi tuxumli do‘lma kabi tuxumlar usti qiyma bilan qoplanadi va non yoki dukkakli (boshoqli) talqonga belab olinadi.
Qizib turgan yog‘da qizartirib qovurib olinadi.
Qiymali tuxumchalarimizni biron bir garnir va sous bilan dasturxonga tortiq qilishni tavsiya etiladi. Biz esa oddiy usulni qo‘llab qo‘ya qoldik, kartoshkani qizartirib qovurib, so‘nggi bosqichda maydalab to‘g‘ralgan sarimsoqni qo‘shib yuboriladi, albatta tuz va qora murchni unutmaslik lozim.