«Sentyabr» pirogi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 90 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 7125.28 ккал
- 2015-10-27 16:43:45
- 0
- 0
- 8097
Masalliqlar
- un - 250 gr
- shakar - 350 gr
- sariyog' - 350 gr
- tuxum - 4 dona
- suv - 50 ml
- tuz - 0.5 choy qoshiq
- qavartma - 2 choy qoshiq
- yong'oq - 1 stakan
- nok - 4 dona
Tayyorlash usuli
1. Nokni po'stidan tozalab, 4 bo'lakka bo'ling.
2. Suv va 50 gr. saryog'ga 100 gr. shakar qo'shib, past olovga qo'ying. Shakar erigach, noklarni soling. Nokning suvi ajralib, qiyom tilla rangga kirgach, olovni o'chiring.
3. Qolgan saryog'ni mikser yordamida ko'pirtirib, shakar qo'shing. Yana ko'pirtirishda davom eting. So'ngra tuxum qo'shib aralashtiring. Un va yumshtagich solib, xamir tayyorlang.
4. Xamirni aylana shakldagi yog'langan qolipga joylab, ustidan nokli qiyomni soling. Keyin maydalangan yong'oq seping. Pirogni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo'ying.