Olmali choy
- Muallif: Malika
- Tayyorlash vaqti: 10 daq
- Toifa: Ichimliklar
- Taomning kaloriyaliligi: 28.4 ккал
- 2015-10-27 17:12:15
- 0
- 0
- 7176
Masalliqlar
- shakar - ta'bga ko'ra
- olma - 40-50 gr
- choy (qora) - 2-3 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
Kerak bo‘ladi: (2 porsiya) 2-3 qoshiq quruq choy, 40-50 g olma va ta'bga ko‘ra shakar.
Tayyorlanishi: Choynakni 3-4 marta qaynoq suv bilan chayib tashlang. Quruq choyni solib, darhol ustidan idishning 2/3 hajmicha qaynoq suv quying. Choynak ustini sochiq bilan yopib, (choy naviga ko‘ra 3 dan 15 daqiqagacha) damlashga qo‘ying. So‘ngra choynakka to‘g‘ralgan olmalarni solib, ustidan yana qaynoq suv quying. 5 daqiqadan keyin piyolalarga suzib, ta'bga ko‘ra shakar yoki asal qo‘shishingiz mumkin.