Olma qo'shilgan kabob
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 6620.1 ккал
- 2015-10-28 16:55:14
- 0
- 0
- 6302
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 0.25 litr
- tuxum - 1 dona
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- zira - 1 ta'bga ko'ra
- olma - 1 dona
- non - 100 gr
- mol go'shti qiymasi - 1.5 kg
Tayyorlash usuli
1. Go'sht qiymasiga ivitilgan non qo'shib, yaxshilab ezg'ilang. Mayda to'g'ralgan piyoz va maydi tishli qirg'ichdan o'tkazilgan olmani qo'shib, aralashtiring2. Tuz, murch va zirani maydalab, qiymaga qo'shasiz. Tuxumni ham solib bo'lgach, qo'lda kabob tayyorlab oling.
3. Har bir kabobni unga botirib, qizib turgan yog'da qovurasiz.
So'ng kichik kabob tayoqchalarini suqib, gaz pechi patnisiga tering.
Taom qizdirilgan gaz pechining o'rtacha haroratida 20-25 daqiqa
pishiriladi. Dasturxonga tortishda pomidor va bodring bo'laklari bilan
bezating.