"Marvarid" pirojniysi

  • 2015-10-28 17:21:02
  • 0
  • 0
  • 7059

Masalliqlar

  • un - 200 gr
  • shakar - 250 gr
  • sariyog' - 200 gr
  • tuxum - 3 dona
  • smetana - 300 gr
  • kakao kukuni - 3 osh qoshiq
  • vanilin - 0.5 choy qoshiq
  • qavartma - 2 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

1. Xona haroratida eritilgan sariyog'ga shakar va tuxumni qo'shib, aralashtiring. Smetana va kakao kukuni qo'shib, aralashtirishni davom eting. Yumshatgichni un bilan aralashtirib, asosiy masalliqqa qo'shing-da, quyuqroq xamir tayyorlang.

2. Pishiriq qolipchalariga o'simlik yog'idan surtib, xamirdan qo'ying. Keks 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiriladi.

3. Krem tayyorlash uchun sariyog'ni eritib, shakar, smetana va vanilin bilan aralashtiring. Quyuqroq ko'rinishga kelishi uchun 15-20 daqiqaga muzlatgichga quying.

4. Pishgan kekslarni sovutib, ustini krem bilan bezating. Dasturxonga achchiq damlangan qaіva bilan birga tortish mumkin.