«Snikers» shirinligi

  • 2015-10-28 17:35:32
  • 0
  • 0
  • 10550

Masalliqlar

  • un - 2 stakan
  • sariyog' - 1 osh qoshiq
  • quyultirilgan sut - 1.5 litr
  • smetana - 2 osh qoshiq
  • margarin - 100 gr
  • yong‘oq - 1 stakan
  • tuxum sarig'i - 2 dona
  • shokolad plitkasi - 1.5 dona

Tayyorlash usuli

1. Margarin va unni aralashtiring. Tuxum sarig'i va smetana qo'shib, xamir tayyorlang. Xamirni qo'lingiz bilan uvadalang. Keyin to'rtburchak qolipga pergament qog'oz yoyib, uvadalangan xamirni bir tekis qilib soling. Qo'lingiz bilan xamir ustidan bosib chiqing. Yarim soat muzlatkichga qo'ying. Keyin 180 darajada qizdirilgan gaz pechida to tilla rangga kirguncha tursin.

2. Quyiltirilgan sutga sariyog'ni solib, aralashtirib turgan holda qaynating. Keyin karamelni pishgan korj ustiga issiqligida surting.

3. Shokoladni suv bug'ida eritib, karamel ustidan surting. Shirinlik yuziga maydalangan yong'oq sepib, 40 daqiqaga muzlatkichga qo'ying. Dasturxonga bo'laklarga bo'lib torting.