Mazali buterbrod

  • 2015-10-29 09:35:38
  • 0
  • 0
  • 9161

Masalliqlar

  • sariyog' - 2 osh qoshiq
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • non - 2 bo‘lak
  • o‘rtacha tuzlangan syomga - 40 gr

Tayyorlash usuli

Non 1 sm qalinlikda to‘g‘raladi.

Grilda yog‘siz qovurib olinadi yoki gaz pechida qizarguncha ushlab turiladi.

Non bo‘laklari yetilgunga qadar tuxum chaqilib, 1,5 oshqoshiq eritilgan sariyog‘ bilan ko‘pirtiriladi.

Qolgan sariyog‘ tovada eritiladi.

Qizigan yog‘ga tuxum quyiladi.

Doimiy aralashtirilib, tuxumlik-aralashma (1 daqiqa) yetiltiriladi. Aralashma uzoq vaqt tayyorlanmaydi, zero, u suyuqroq holatga kelishi zarur.


Bu vaqt ichida baliq bo‘laklarga kesiladi. Istakka ko‘ra tuzi kamroq yoki dudlanganini tanlashingiz mumkin. Keyin qizartirilgan non ustiga tuxumli aralashma surtilib, ustidan baliq bo‘lagi qo‘yiladi. Dasturxonga tortishdan avval buterbrod ustiga ko‘kat qo‘yiladi.