Spring roll uchun xamir tayyorlash
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 1337.6 ккал
- 2015-10-29 10:13:36
- 0
- 0
- 9974
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
- un - 300 gr
- suv - 300 ml
- tuz - 0,5 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
(Masalliqlar 20 dona uchun)
Un elanadi, tuz qo‘shib aralashtiriladi, suv qo‘shilib, kombayn yordamida yoki qo‘lda (qoshiq yordamida) juda yumshoq xamir qoriladi. Keyin o‘simlik yog‘i solinib, yana aralashtiriladi. Xamir ustini ko‘madigan hajmda suv quyiladi. So‘ngra xona haroratida 4 soatga yoki kechqurunga sovutgachda qoldiriladi.
Kerakli vaqt o‘tgach, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va xamir yopishqoq holatga kelgunga qadar aralashtiriladi.
Diametri 26 santimetrlik tova 100 daraja haroratgacha qizdiriladi. Shuningdek, tova qiziganligini qo‘lda tekshirib ko‘rish mumkin, zero bu xamirni pishirish uchun alohida yondashuv talab qilinadi. Buning uchun barmog‘ingizni tovaga tekkizib ko‘ring, agar tova qo‘lingizni kuydirmaydigan darajada qizigan bo‘lsa, ayni muddao. Endi xamir zuvalasi qo‘lga olinib, tova bo‘ylab bir marotaba aylantirilib, yulib olinadi. Tovada hosil bo‘lgan plyonka bizning xamirimizdir.
Ushbu xamir taxminan bir daqiqa, ya'ni oqargungacha qovuriladi. Keyin ehtiyotkorlik bilan kapgirda olinadi va ustiga sochiq yopib qo‘yiladi. Shunda pishgan xamir yumshoq va cho‘ziluvchan bo‘ladi.
Tova olovdan chetga olinib sovutiladi va yana 100 darajagacha qizdirilib, barmoq tekkizib, tekshiriladi. Shu holatda barcha blinchiklar pishirib olinadi.
Alohida izoh:
1. Spring roll xamirini tayyorlash uchun glyutensiz un to‘g‘ri kelmaydi, sababi xamirning yopishqoq bo‘lishi maqsadga muvofiq.
2. agar tayyorlagan xamiringiz qo‘lga yopshiib, tovaga yopishmasa, demak tova haddan ziyod qizib ketgan. Har blinchikni pishirar ekansiz, 30-60 soniyadan sovutishni unutmang.
3. Pishgan blinchiklarni darrov ishlatishingiz ham, yoki muzlatgichda saqlashingiz ham mumkin. U holda ular magazinlarda sotiluvchi spring roll xamiri kabi mazaga ega bo‘ladi.