Tvorog va olma qo'shilgan pirog
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Pishiriq
- 2015-11-02 15:29:17
- 0
- 0
- 8774
Masalliqlar
- un - 300 gr
- shakar - 1 stakan
- tuxum - 2 dona
- olma - 3 dona
- smetana - 100 gr
- qavartma - 1 choy qoshiq
- yong'oq - 200 gr
- margarin - 100 gr
Tayyorlash usuli
1. Yong'oqni quruq tovada 10-15 daqiqa qovurib, xovonchada maydalang.
Idishga unni elab, xamir yumshatgich, shakar va saryog'ni qo'shib,
aralashtiring. So'ng qovurilgan yong'oqni qo'shing. Aralashma
uvalanuvchi xamir ko'rinishida bo'ladi.
2. Tvorogga tuxum, smetana va ta'bga ko'ra shakarni qo'shib, aralashtiring. Olmalarni yupqa parak shaklida kesib, aralashmaga qo'shing.
3. Pishiriq qog'ozi solingan patnisga uvalanuvchi hamirning bir qismini solib, ustidan nachinkani tekislab joylang. So'ng xamirning qolgan qismini ham solib, pirog ustini qoplang.
4. Pishiriqni200 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida
pishiring. Pishgach ustini qand upasi bilan bezatish mumkin.