Perlovka sho'rva
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1223.8 ккал
- 2015-11-02 15:43:54
- 0
- 0
- 20560
Masalliqlar
- mol go'shti - 200 gr
- kartoshka - 2 dona
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 0.25 stakan
- bulg'or qalampir - 1 dona
- sarimsoqpiyoz - 3 dona
- tomat pastasi - 1 osh qoshiq
- arpa yormasi - 0.5 stakan
Tayyorlash usuli
Piyozni maydaroq to'g'raymiz qolgan barcha masalliqlarni kichik kub shaklida to'g'raymiz. Piyozni , qizigan yoqqan solib, 5daqiqa davomida qizartiramiz.
So’ngra go’shtni solamiz.
Go’sht oqargach sarimsoqni solib,
15soniyacha qovuramiz
Ketidan kartoshka+sabzi+bolgarskiy+tomatni solib,aralashtiramiz.
1daqiqaga yaqin qovuramiz.
Suv (1.5litr va undan ko’proq) quyamiz.
15 daqiqa qaynatamiz va perlovkani yuvib solib, 30 daqiqa-perlovka
pishguniga qadar qaynatamiz.
Maslahatlar:
Perlovkani pishirishdan avvalgina yuvganingiz maqul, agar uni suvga solib ivitib qo’ysangiz, shirasi suvga chiqib ketishi va natijada taomingizga perlovka shirasi o’tmay qolishi mumkin.
Yoqimli ishtaxa!