Tovuqli pomidor do'lma
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 3725 ккал
- 2015-11-02 15:58:02
- 0
- 0
- 7507
Masalliqlar
- pomidor - 8 dona
- ziravor - 1 ta'bga ko'ra
- pishloq - 300 gr
- tovuq filesi - 400 gr
- mayonez - 300 gr
Tayyorlash usuli
Tovuq
go'shtini mayda bo'laklarga bo'lib, ziravolarga aralashtirib, o'simlik
yog'ida qovurib olamiz. Buning o'rniga tayyor dudlanib pishgan tovuq
go'shtidan ham foydalansak bo'ladi.
Tayyor
go'shti pomidor kosachalariga joylashtiramiz.
Ustiga mayonez quyib, eng
ustiga pisloqni qirg'ichdan o'tkazib, qalin qilib sepamiz.
Hammasini
joylashtirgach, 240-260 darajada qizigan gaz pechiga 15 daqiqaga qo'yib
pishirib olamiz.
Tayyorligini pishloqni erib, ustiga Yopishib
qolganidan bilishimiz mumkin.