Beshbarmoq

  • 2015-11-02 17:34:41
  • 0
  • 0
  • 15431

Masalliqlar

  • mol go'shti - 200 gr
  • un - 2 stakan
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 0.5 stakan
  • tuz - 1 bir chimdim
  • ziravor - 1 ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Qozoq milliy taomi, hamirni ichiga go'shtni o'rab, qo'lda, beshta barmoq yordami bilan yeyilgani uchun beshtbarmoq deyiladi, mazasi ajoib taom.
Suyakli go’shtni 3-4litrlik tuzli suvda qaynatib olamiz. Go’sht pishgach,mayday kubik shaklida to’g’rab olamiz.

Hamir qorib tingach 1-2mm qalinlikda yoyamiz.Hamir osti ko’rinishi kerak. Hamirni pastki qismidan to oxirigacha buklab boramiz. Buklangan hamirni 5-6sm uzunlikda kesamiz. Kesilgan hamirlarni yana bittadan ustma-ust yoyib chiqamiz.

Uni ham 5-6sm uzunlikda kesamiz. Go’sht qaynatilgan suvni qaynatib,qaynab turgan joyiga hamirlarni tezda bittadan solamiz.

15 daqiqaga yaqin vaqtda pishadi.