Zira choyi
- Muallif: Karimova La`lixon Maksudovna
- Tayyorlash vaqti: 5 daq
- Toifa: Ichimliklar
- Taomning kaloriyaliligi: -1 ккал
- 2015-09-15 10:35:41
- 0
- 0
- 13977
Masalliqlar
- suv - 0, 5 litr
- zira - 1 choy qoshiq
- choy (ko'k) - 1 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
Choy va zirani choynakka solib, qaynagan suv quyiladi va 5-6 daqiqa mobaynida dam yedirtiriladi va issiq holatida iste'mol qilinadi.
Xalq tabobatida ziraning foydalari haqida Ibn Sino bobomiz quyidagilarni bayon qiladilar: “...Unda qizdiruvchi kuch bo‘lib, yellarni haydaydi va tarqatadi. Suv bilan aralashtirilganini ichilsa, nafas olish qiyinlashganda yordam beradi. Jolinusning aytishicha, “tikka nafas olishga”, hamda sovuqdan bo‘lgan xafaqonga foyda qiladi." (Ibn Sino, Tib qonunlari, 2-jild, 1956 y. 325-326 betlar)
Shuningdek, zira oshqozon gastriti, sariq kasal, ishtaha ochishda, uyqusizlikda, kishilar quvvatini oshirishda juda ham katta foydasi bor.