Baliqli uch panja
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2771.7 ккал
- 2015-11-05 12:47:05
- 0
- 0
- 6023
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 100 gr
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- baliq - 1 kg
- ziravor - 1 ta'bga ko'ra
- limon - 1 dona
Tayyorlash usuli
Baliqni qiltanoqlaridan tozalab bir xil tasma shaklida kesiladi va limonni siqib suvi qo'shiladi. O'simlik yog'i, tuz va ziravorlarni ham qo'shib ehtiyotkorlik bilan aralashtirib ma'lum muddat marinadlanadi.
So'ngra xuddi uch panja kabi tasmani qalinligina qarab 6-8 tasini avval kalta tasmani so'ngra uzunini terib boriladi va ehtiyotkorlik bilan sihlanadi. Ikki yonidan ortib qolgan ortiqcha qismlarni kesib olinadi.
Kaboblarni qo'raga qo'yishdan oldin, ustiga quritilgan qizil bulg'ori kukuni sepib so'ngra 8-10 daqiqa mobaynida pishiriladi.
Pishgan kaboblarni ta'bga ko'ra bezatib dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.