Go'ja
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 3472 ккал
- 2015-11-05 13:11:26
- 0
- 0
- 23592
Masalliqlar
- tuz - 1 choy qoshiq
- yalpiz - 6 dona
- rayhon - 10 dona
- bug'doy - 500 gr
- qatiq - 1.5 litr
Tayyorlash usuli
Odatda go'ja tayyorlashdan oldin bug'doyni hovonchaga solib yaxshilab atalashar edi, ammo hozirda bozordagi don va don mahsulotlari sotiladigan rastalardan borib go'ja uchun maxsus oshlangan bug'doylar xarid qilish mumkin.
Bug'doyni yaxshilab sovuq suvda yuvib, taxminan 3-4 litr suv solib bug'doy yorilib pishgunga qadar avval o'rta olovda, so'ngra past olovda qaynatiladi. Bug'doy pishguncha suvi ham kamayib boradi.
So'ngra pishgan bug'doyni salqinroq joyga qo'yib sovutiladi. Agar imkon bo'lsa, muzlatgichga solib qo'yish ham mumkin. Faqat bug'doyni issiqligida muzlatgichga solmaslik lozim.
Bug'doy sovugach qatiq yoki suzmani sovuq suv bilan aralashtirib suyultirib olinadi, oshko'kat va tuz-murchlarni solib aralashtiriladi.
Tayyor bo'lgan go'jani sovuq holida dasturxonga tortiq qilishni tavsiya etiladi.