Malinali murabbo

  • 2015-11-18 11:00:39
  • 0
  • 0
  • 8706

Masalliqlar

  • malina - 1 kg
  • shakar - 2 kg
  • suv - 2 litr
  • tuz - 2 choy qoshiq
  • limon kislotasi - 2 gr

Tayyorlash usuli

Kerakli masalliqlar: 1 kg malina, 2 kg shakar, 2 choy qoshiq tuz, 2 l suv, 2 g limon kislotasi.

Tayyorlash usuli: shakar va 1 litr suvdan qiyom tayyorlab, uy haroratida soviting. Malinani durshlag ichiga solib, ehtiyotkorlik bilan yuving va bandidan tozalang. Tuzni 2 litr suv bilan aralashtirib, kastryul yoki boshqa katta idishga soling, so‘ng oz-ozdan malinani tuzli suv ichiga solib, har bir porsiyani 10 daqiqadan ushlang. Undan keyin sovuq suv bilan chay­qang. Sovuq suvda chayqab bo‘lgandan so‘ng malinalarni qog‘ozli sochiq yordamida quriting va sovitilgan shakarli qiyom ichiga bir soatga solib qo‘ying. Belgilangan vaqt nuqtasiga yetganidan keyin idishni olov ustiga qo‘yib, qaynash darajasiga keltiring va kerakli quyuqlik hosil bo‘lguncha pishiring. Murabbo pishishidan 3-4 daqiqa oldin ichiga limon kislotasini soling va tayyor bo‘lgan murabbolarni issiq holatda sterillangan bankalarga solib, pergament qog‘ozi bilan yoping.


Teglar: murabbo