Karamli do'lma
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 90 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1751.75 ккал
- 2015-11-18 11:45:13
- 0
- 0
- 20232
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
- guruch - 1 stakan
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- kashnich - 0.5 bog‘
- karam - 1 dona
- tomat pastasi - 1 osh qoshiq
- mol go'shti qiymasi - 250 gr
Tayyorlash usuli
Katta
qozonni yarimigacha suv quyib, qaynating. Karamni qozonga solib, biroz
10 daqiqa qadar qaynatib oling. Bu karam yaproqlarini oson chiqarib
olish va yirtmasdan o’rash uchun muhim.
Qaynatib olgan karam
yaproqlarni ajratib oling, yirtilsa ham qo’rqinchli emas, chunki
o’rashda agar karam barglari katta bo’lsa zotan bo’lishga to’g’ri
keladi. Yaproqlarni ajratib olgandan keyin sovuq suvga tutib olsangiz,
issig’i bilan erimaydi, bilasiz karam nozik narsa.
Ich masallig’ini
idishga solib, aralashtiring. Karam barglarining en ustidagi qalin
tomirini kesib oling. 4 barmoq kengligida bolaklar kesib oling. Tahminan
har bir yaproqdan 4 dona dolma chiqishi kerak. Albatta bu karamni
kattaligiga bog’liq.
Orab bolgan karam dolmalaringizni qozonga
tring. Ustiga tomat va saryog’li sousni soling. 2 stakan (yarim litrga
yaqin) suvni ehtiyotlik bilan qozonni chetidan quying. Ustini og’irroq
tarelka bilan yoping. Yarim soatlardan keyin tekshirib koring, agar
pishmagan bolsa yana 10 daqiqa pishiring.