Limonli kurd

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 20 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 1668.1 ккал
  • 2015-11-19 16:04:01
  • 0
  • 0
  • 6675

Masalliqlar

  • shakar - 150 gr
  • sariyog' - 50 gr
  • tuxum - 3 dona
  • limon sharbati - 100 ml
  • limon po'stlog'i - 2 dona

Tayyorlash usuli

Kurd bu zavarnoy kremni o‘zi, lekin sut emas, limon sokida qilinadi. O‘zini nonushtaga murabbo sifatida yoki rulet, napoleon,tortlar, tartaletkalar, blinchiklar uchun krem sifatida ishlatsa judayam mazzali bo‘ladi.

Kerakli masalliqlar:

100 ml limon soki(2-3 ta)

2 ta limon sedrasi (faqat sariq joyi)

150 gr shakar

3 ta tuxum

50 gr saryog‘

Tayyorlanishi:

Gaz ustida kichikroq idishga suv solib qaynatamiz, ustida kattaroq idishda kremni tayyorlaymiz. Limonlarni yaxshilab yuvib sedrasini qirg‘ichdan chiqarib, sokini siqib olamiz. Tuxum va shakarni ozroq vzbivat qilib limon soki, sedrasini qo‘shamiz. Va olovga qo‘yamiz.1-2 daqiqadan so‘ng saryog‘ni xam qo‘shib, to‘xtatmagan holda kavlab turamiz. 10 daqiqalardan so‘ng qorishmamiz quyulib, krem xolatiga keladi. Tayyor massani olovdan olib, soviganidan so‘ng shisha bankachaga solib, usti yopiq xolatda muzlatkichga qo‘yamiz.


Teglar: foydali