Dolchinli pryanik
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 3374.44 ккал
- 2015-11-23 15:38:57
- 2
- 0
- 7257
Masalliqlar
- un - 2 stakan
- shakar - 100 gr
- sariyog' - 180 gr
- tuxum - 1 dona
- asal - 5 choy qoshiq
- dolchin (koritsa) - 1 choy qoshiq
- chinnigul - 1 choy qoshiq
- vanilin - 0,5 choy qoshiq
- qavartma - 2 choy qoshiq
- zanjabil - 1,5 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
Barcha massaliqlarni oldindan tayyorlang. Shakar bilan ziravorlarni aralashtiring. Asal qo‘shib, olovga qo‘ying. Shakarni eritib, yumshatgich (razrixlitel) qo‘shing. Suyuqlik ko‘pirib ketmasligi uchun har zamonda aralashtirib turing. Idishga xona haroratidagi sariyog‘ni soling va unga asalli massani soling. Aralashtiring. Tuxum qo‘shib, yana aralashtiring. Oz-ozdan un solib, xamir qoring. Xamir yog‘li va yopishqoq bo‘lishi kerak.
Xamirni 30-40 daqiqa muzlatgichga qo‘ying. Keyin xamirni olib, qo‘l yordamida ishlov bering.
Trafaretlar yordamida xamirdan pryaniklar kesing. Listga joylab, oldindan 160 gradus haroratgacha qizdirilgan duxovkaga 10 daqiqaga solib, pishiring. Tayyor bo‘lgandan so‘ng uni sovushga chetga olib qo‘ying. Sovugandan keyin ularni o‘z didingiz va ta’bingizga qarab bezashingiz mumkin.
Pryanik usti toza va unsiz bo‘lishi kerak.
1. Pryanik chetiga shakarli qiyom bilan bir xil kontur chizing.
2. O‘rtasini boshqa rangda bo‘yalgan shakar qiyomi bilan to‘ldiring.
3. Endi pryanikning qolgan qismiga katakli rasm chizing. Chiziqlar tekis chiqishi uchun birinchi bo‘lib chizishni, o‘rta chiziqni chizishdan boshlang.
4. Katak ustiga "qor parcha" shaklidagi rasmni chizing.
5. Shakarli qiyom qotganidan so‘ng ustidan boshqa rasmlarni chizishingiz ham mumkin.