Mazzali qalampir tuzlamasi

  • 2015-11-26 11:29:12
  • 0
  • 0
  • 12069

Masalliqlar

  • pomidor - 800 gr
  • kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
  • tuz - 2 osh qoshiq
  • ko'kat - 1 bog‘
  • limon sharbati - 1 choy qoshiq
  • sirka - 3 osh qoshiq
  • sarimsoqpiyoz donasi - 6 dona
  • acchchiq qizil qalampir - 300 gr

Tayyorlash usuli

Tuzlama uchun ishlatiladigan pomidorni yaxshilab tekshirib oling unda zarrachayam qora nuqtalar va bakteriya uchun asoali joylar bo'lmasin,keyin esa doimo yangi uzulgan va issiqda uzoq turmagan pomidorni ishlating,mazzali va uzoq saqlanadi.
Ishimizni pomidor po'stini ajratib olishdan boshlaymiz.
Idishga pomidorni solib ustida qaynoq suv quyamzi 2 daqiqada o'tgach osongina po'stidan ajratib olamiz.
Endi esa uni go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz va tayyor pomidor sokkimizga uksus limon sharbati tuz qo'shib yog' solingan idishda 20 daqiqa qaynatib olamiz.
Sterallangan bankalarga qalampirni joylaymiz.
Shundan keyin qaynab chiqqan pomidorli sokni qalampir solingan bakaga quyamiz chesnok donalari va ko'katlarni bankaning yuza qismiga solib, bankani yaxshilab tekshiring chunki bankada havo qolib ketmasin bunga ahamiyat berib bankani tekshirib ko'ring.shu paytning o'zida qaynatib olingan qopqoq bilan bankamizni mahkamlab yopamiz.
Bankalarni salqin jiyga ustini o'rab sovutishga qo'yamiz.
Sovugach ustidagi matoni olib yana salqin joyda yoki muzlatgichda saqlash mumkin.


Teglar: konserva