- Muallif: Karimova La`lixon Maksudovna
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1943 ккал
- 2015-11-26 15:52:13
- 0
- 0
- 4828
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 2-3 osh qoshiq
- un - 200 gr
- tuxum - 4-5 dona
- suv - 100 ml
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- sut - 100 ml
- tuxum oqi - 1 dona
Tayyorlash usuli
Har galgidek ishni xamir qorishdan boshlaymiz. YUqorida ko‘rsatilgan mahsulotlardan o‘rta qattiqlikdagi xamir qilib, tinishi uchun olib qo‘yamiz. Xamir tinguncha tuxumbarakning ichiga solinadigan mahsulotni tayyorlab olamiz. Tuxumbaragimizning asosiy ta'mini beruvchi ichiga solinadigan tuxumli qorishmamizni tayyorlash uchun avval tuxumlarni chaqib, yaxshilab iylaymiz. Unga sut va o‘simlik yog‘i qo‘shib yana yaxshilab aralashtiramiz. Tuzini rostlab, ko‘kat va ziravorlarni ham solamiz. Masalliq tayyor bo‘ldi, endi navbat xamir taxminan 5-6 grammlik mayda bo‘lakchalarga bo‘lib zuvala qilinadi, zuvalachalar tingach jo‘va bilan har biri yoyiladi va yopishib qolmaslik uchun hamda qanzib qolmaslini oldini olib ozgina un sepilada va usti o‘rab qo‘yiladi.
So‘ng asosiy ishga kirishamiz. Uni tayyorlashda barakni tugish asosiy bosqich bo‘lib hisoblanadi. Bundan oldingi taomlar singari bunda hamma o‘zicha yondashadi. Xamirni qanday kesish o‘zingizga havola. Xamirdan konvert (jild)larni tayyorlashdan oldin kattaroq qozonga suv solib, gazga qo‘yasiz. Qozonga ta'bga ko‘ra tuz solish yodingizdan ko‘tarilmasin. Suv o‘rta olovda qaynab tursin. Yoyilgan xamirni teng yarmidan buklaymiz va o‘rtasida biroz joy qoldirib ikki chetlarini qattiq bosib chiqamiz. Hamma tayyorlagan konvertlarni qator qilib patnisga terib chiqamiz. Tuxumbarakning tayyorlashning so‘nggi pallasiga yetib keldik. Bu jarayonda sizdan chaqqonlik talab etiladi. Tayyor konvertlarni chap qo‘lingizga olib, o‘rtasini ochib, 1-2 qoshiq tuxumli aralashmadan solasiz va qattiq yopishtirib qaynab turgan qozonga solasiz. Agar konvertlar suv ustiga qalqib chiqsa demak tuxumbarak pishgan sanaladi. So‘ng pishganlarini chovliga suzib olamiz, bir-biriga yopishmaslik uchun o‘simlik yog‘i suramiz. Tayyor tuxumbaraklarni ta'bga ko‘ra bezatib, dasturxonga tortamiz.