Oshirma xamirdan rastegay

  • 2015-12-01 15:40:55
  • 0
  • 0
  • 17156

Masalliqlar

  • un - 5 stakan
  • shakar - 2 osh qoshiq
  • sariyog' - 100 gr
  • tuxum - 2 dona
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 0,5 choy qoshiq
  • xamirturush - 1 choy qoshiq
  • sut - 250 ml

Tayyorlash usuli

1 stakan (250 ml) iliq sutga 1 choyqoshiq quruq achitqi hamda 1 choyqoshiq shakar solinadi. (Sut iliq bo‘lishi lozim, agar sut juda issiq bo‘lsa, achitqi so‘nib qoladi va xamir ishmaydi.)

20 daqiqadan so‘ng sut ustida ko‘piklar paydo bo‘lishni boshlaydi. Shunda ustidan yana bir stakan sut yoki suv solinadi.

Keyin ketidan 2 dona tuxum, 2 oshqoshiq shakar, bir chimdim tuz qo‘shilib, aralashtiriladi. Aralashmaga 5 stakan (hajmi 200 ml li) un soliniib, xamir qoriladi.

Xamir o‘ta yumshoq va qo‘lga yopishuvchan bo‘lishi lozim.

Endi 100 g sariyog‘ eritiladi va xamirga quyiladi va xamir stolga ag‘darilib, taxminan 10 daqiqa qo‘lda uriladi. Xamirning suyuqligi qolmaydi va yumshoq, qo‘lga yopishmaydigan bo‘ladi. Tayyor xamir shamol tegmaydigan iliq joyga bir soatga olib qo‘yiladi.

* Xamir yaxshi ko‘tarilishi uchun lampa yoqib, ostiga xamir solingan tovani qo‘yib qo‘yish mumkin.

Tayyor xamirdan pirojki, bulochka va boshqa narsalar pishirish mumkin.

Agar siz bulochka yoki rastegay pishirmoqchi bo‘lsangiz, xamirni teng bo‘laklarga kesib, zavalachalar hosil qiling.

Ustini plyonka bilan o‘rab, 15 daqiqaga qoldiring.

Bu vaqt ichida xamir yana ko‘tariladi. Shunda zuvalachalarni qo‘lda yoki juvada yoyib, ichini istagan qiyma yoki qaylangiz bilan to‘lidirishngiz mumkin.


Odatda, oshirma xamir 200 daraja haroratli gaz pechida 30 daqiqa davomida pishadi.