Kartoshkali rulet

  • 2015-12-01 17:12:07
  • 0
  • 0
  • 11318

Masalliqlar

  • kartoshka - 6 dona
  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
  • un - 1 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • pishloq - 200 gr
  • mayonez - 2 osh qoshiq
  • mol go'shti qiymasi - 400 gr

Tayyorlash usuli

Kartoshkalarni artib, qaynatib, pishirib olamiz. Tog'ralgan piyoz bilan qiymani qovurib olamiz va ta'bga ko'ra tuz solamiz. Pishgan kartoshkalarni pyure xoliga keltirib, un, tuxum, tuz, murch va mayonezlarni solib, aralashtiramiz. Pyureni yog'langan qog'ozga yoyib chiqamiz va rasmda ko'rsatilgandk ustidan qiymani solamiz. Qog'ozni ikki yonidan buklab pyureni ikki tarafini bir-biriga yopishtiramiz. Rulet ustiga mayonez surtib, duxovkada 200 C darajada 20 daqiqa yoki usti qizarguncha pishiramiz.

1. Kartoshkalarni artib, qaynatib, pishirib olamiz.
2. Tog'ralgan piyoz bilan qiymani qovurib olamiz va ta'bga ko'ra tuz solamiz.
3. Pishgan kartoshkalarni pyure xoliga keltirib, un, tuxum, tuz, murch va mayonezlarni solib, aralashtiramiz.
4. Pyureni yog'langan qog'ozga yoyib chiqamiz va rasmda ko'rsatilgandek ustidan qiymani solamiz.
5. Qog'ozni ikki yonidan buklab pyureni ikki tarafini bir-biriga yopishtiramiz. Rulet ustiga mayonez surtib, duxovkada 200 C darajada usti qizarguncha pishiramiz.


Manbaa


Teglar: bolalar uchun