Mazza (tovuqli ugra osh)

  • 2015-09-15 15:36:36
  • 0
  • 0
  • 5921

Masalliqlar

  • tovuq - 500 gr
  • kartoshka - 1 dona
  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 70-80 gr
  • un - 200 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Bir idishga tovuq go‘shtini solib, o‘rta olovda qaynating, qaynash vaqtida qo‘piklarini olishni ununtmang.

Suv qaynagunga qadar, kartoshkani somoncha shaklida ingichka to‘g‘rab, suvga solib qo‘ying. Keyin piyozni mayda kubik shaklida to‘g‘rang. Sabzini esa yirik teshikli qirg‘ichdan o‘tkazing. Tovada qizib turgan yog‘ga avval to‘g‘ralgan piyozni, keyin qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzini solib, qovurib oling.

Demak mahsulotlar tayyor - kartoshka to‘g‘ralgan, sabzi va piyoz qovurilgan.

Suvda qaynayotgan tovuq go‘shti to‘liq pishishiga bir oz qolganda, uni suvdan olib, o‘rta kattalikdagi kubik shaklida to‘g‘rang.

Tuxum, suv, un va tuzdan kattiq xamir qoring. Xamirni faqat tuxuga qoriladi, agar suyuqlik ozlik qilib xamir qattiq bo‘lib qolsa, nomiga suv tomchilatish mumkin. Xamirni 15-20 daqiqa tindirgach, imkon qadar yupqa qilib yoyib, xuddi norin xamiri kabi mayin va ingichka qilib kesiladi.

Go‘sht qaynagan bulonga avval to‘g‘ralgan go‘shtni, so‘ngra to‘g‘ralgan kartoshkani, keyin qovurilgan piyoz va sabzini soling. Sho‘rva bir qaynab chiqib, kartoshka pishishiga ozgina qolganda, xamirni solib birga qaynating.

Suzishdan oldin ta’bga ko‘ra tuz va xohishga qarab tovuq sho‘rvasiga ta’m berguvchi (Maggi, Galina blanka, Rollton kabi) qo‘shimchalar qo‘shishingiz mumkin.


Teglar: suyuq ovqat