Jo’xori torti

  • 2015-12-11 10:57:09
  • 0
  • 0
  • 6606

Masalliqlar

  • shakar - 120 gr
  • sariyog' - 50 gr
  • tuxum - 3 dona
  • sut - 1 litr
  • vanilin - 30 gr
  • ananas - 300 gr
  • jo'xori uni - 300 gr

Tayyorlash usuli

Jo'xori to'rti uchun Misr retsepti. Konservalangan ananas bo'lagi bilan yanada mazali ta'mga ega.Insonlar tomonidan topilgan birinchi retseptlar firavnlar davridagi Misrga taqaladi. Ushbu qadimiy retsept oddiy grafik elementlar yoki iyerogliflardan tashkil topgan.

  • Sutni vanilin solib qaynating.
  • Sut qaynagunga qadar astalik bilan un qo'shing va doimiy ravishda aralashtirib turing.
  • Olovdan oling, tuxum sarig'ini, saryog', qo'pirtirilgan tuxum oqini qo'shing va aralashtiring.
  • Hamirni yog' surtilgan va un sepilgan tovaga qo'ying.
  • Duxovkada 60 daqiqa davomida pishiring.

Taqdim etish:

Sovuq holda ananas yoki boshqa mevalar bilan taqdim eting.