Moxora
- Muallif: Xodjayeva Feruzaxon Izzatulloyevna
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 150 ккал
- 2015-09-15 15:41:40
- 1
- 0
- 9181
Masalliqlar
- mol go'shti - 500 gr
- kartoshka - 3 dona
- sabzi - 3 dona
- piyoz - 3 dona
- pomidor - 3 dona
- no'xat - 700 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
- achchiq qalampir - 2 dona
- ziravor - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Go‘shtni 30-40 gr li bo‘laklarga bo‘lib, qizartirib qovuriladi, so‘ng halqa qilib to‘g‘ralgan piyoz, pomidor va kubik shaklida to‘g‘ralgan sabzini va bulg‘orini solib qovurib, suv quyiladi. 7-8 soat iliq suvda ivitilgan no‘xatni sho‘rvaga solinib, 40-50 qaynatiladi. Keyin kubik shaklida to‘g‘ralgan kartoshka solib pishgunga qadar qaynatiladi. Ziravorlarni xohlang suviga tashlang, xohlang qovurish jarayonida soling, bu sizning ixtiyoringizda. Kosadagi moxoraga oshko‘katlar sepiladi.