Hamir hasip
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 80 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2780.9 ккал
- 2015-12-18 11:56:36
- 0
- 0
- 18932
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- un - 500 gr
- guruch - 0.5 stakan
- suv - 1 stakan
- tuz - 0.5 choy qoshiq
- mol go'shti qiymasi - 300 gr
Tayyorlash usuli
Masalliqlardan oshxamir tayyorlab olamiz, va 2 ta zuvalaga bo`lib tindirib qo`yamiz.
Piyozni mayda qirg`ichdan chiqazib qiyma, guruch, tuz va murch solib aralashtirib olamiz. Hamirni yupqa qilib
yoyib, 6x6sm kvadrat shaklida kesib chiqamiz.
Burchak tarafga qiymani
yoyib chiqib tugamiz... Bo`lajak hamir hasipchalarni yana
yaxshilab ustidan yog`lab chiqib yog`langan anti qozonimiz listiga terib
chiqamiz... Va 50 daqiqa yoki 1soatlarga pishirishga qo`yamiz. Yoqimli
ishtaxa!