Quymoqli somsa

  • 2015-12-18 12:33:50
  • 0
  • 0
  • 12302

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • un - 150 gr
  • shakar - 1 osh qoshiq
  • tuxum - 2 dona
  • suv - 120 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • soda - 1 choy qoshiq
  • sut - 250 ml
  • qavartma - 1 choy qoshiq
  • pishloq - 100 gr
  • qo'ziqorin - 300 gr

Tayyorlash usuli

Iliq suvda shakar, sodani eritib olamiz va 10 daqiqaga qoldiramiz.
Endi uni issiq sutga qo'shib aralashtiramiz. Ustiga tuxum, razrixlitel qo'shib yaxshilab aralashtiramiz va oz-ozdan un qo'shib bir xil massa hosil bo'lguncha qo'zg'aymiz. Endi suyuq xamirni 20 daqiqaga qoldiring.

Nachinka:
Mayda to'g'ralgan piyozni biroz qovurib olamiz. Ustiga mayda to'g'ralgan qo'ziqorinni ham solib tuz, murch sepib pishguncha 15-20 daqiqa qovuramiz. Pishloqni mayda qirg'ichdan o'tkazamiz.

Tovani yaxshilab qizdiramiz va tovaga umuman hech narsa surkamaymiz! Tova o'rtasiga 2,5 osh qoshiq xamir quyib qovuramiz toki quymoqda teshikchalar paydo bo'lguncha. Quymoqni faqat bir tarafini qovuramiz. Quymoqni endi ehtiyotkorlik bilan tovadan olamiz. Hamma quymoqni shu tarzda qovurib olamiz. Ularni issiq vaqtida ustma-ust qo'ymang ular bir- biriga yopishib qolishi mumkin. Sovugach ustma-ust joylasangiz bo'ladi. Endi quymoqla ustiga nachinkadan 1 osh qoshiq, nachinka ustiga esa ozroq pishloq solib somsadek qilib bukamiz. Endi ularni listga terib duxovkaga 180 C' ga 10 daqiqaga pishloq erishi uchun qo'yamiz. Tayyor somsachalarni smetana bilan dasturxonga tortishiz mumkin.
Ushbu quymoqga nachinka sifatida: qiymali, sabzavotli, povidloli, murabboli, kartoshkali, guruchli yoki kremli qilib tayyorlasangiz bo'ladi