Olmali keks
- Muallif: Axmedjanova Kamola Bobir qizi
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 254 ккал
- 2015-12-18 16:13:12
- 0
- 0
- 31808
Masalliqlar
- un - 0.5 kg
- shakar - 200 gr
- tuxum - 2 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- soda - 1 choy qoshiq
- vanilin - 1 dona
- qavartma - 1 dona
- margarin - 125 gr
- qatiq - 0.5 litr
Tayyorlash usuli
Barcha masalliqlar mikser yordamida aralashtiriladi*
- Qatiqqa uksusda o'ldirilgan soda solib aralashtiriladi va 10 daqiqa chetga olib qo'yiladi.
- Tuxumga shakarni asta-sekin solib mikserda ko'pirtiriladi;
- aralashmaga tuz, vanilin, qavartma solinada aralashtiriladi*
- xona haroratida erigan margarin solinadi va aralashtiriladi*
- massa qatiqqa qo'shiladi va ikki massa yaxshilab aralashtiriladi*
- massaga asta sekin un quyuq smetana holiga kelguncha aralashtirib boriladi*
- tayyor massaga mayda to'trburchak shaklda to'g'ralgan olma qo'shib aralashtiriladi.
- qolip yog'lanadi va massa qolipga quyiladi;
- oldindan qizitilgan duxovkada 180 C da 45 daqiqa davomida keksni pishirib olinadi.