Pankeyk

  • 2015-09-15 15:57:39
  • 0
  • 0
  • 10409

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 1.5 stakan
  • un - 2 stakan
  • shakar - 3 osh qoshiq
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • soda - 1 choy qoshiq
  • sut - 2 stakan

Tayyorlash usuli

Tuxumni shakar va tuz bilan ko‘pik hosil bo‘lgunicha ko‘pirtiring.

Keyin tuxumga sut qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. So‘ng asta sekinlik bilan unni qo‘shib aralashtirib boring. Qumaloqlar qolishi kerak emas.

Masaliqga sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘i soling. Sodani ham xamirga solib yaxshilab aralashtiring.

Xamirni 5-10 daqiqa dam olishi uchun bir chetga qo‘yib qo‘ying. Ungacha tovani olovga qo‘yib qiziting.

Belgilangan vaqt o‘tgandan keyin Pankeyklarni o‘rta olovda qovurib oling. Xamir ustida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan ikkinchi tomonga ag‘darib, 20 soniya atrofida qovurib oling.

Dasturxonga hohishingizga qarab, smetana, shokolad, murabbo yoki asal bilan tortiq etishingiz mumkin bo‘ladi.

Teglar: sutli oson nonushta