Tvorojnik
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 45 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 6016 ккал
- 2016-02-08 16:36:59
- 1
- 0
- 15508
Masalliqlar
- un - 4 stakan
- shakar - 2 stakan
- tuxum - 4 dona
- soda - 0,5 choy qoshiq
- smetana - 250 gr
- tvorog - 500 gr
- margarin - 250 gr
Tayyorlash usuli
"Tvorojnik"ni tayyorlanishi hammaga ma’lum bo‘lsada, baribir har bir pazanda o‘zining maxsus sinalgan retsepti bilan tayyorlashga o‘rgangan. Shunga, ushbu pishiriqning eng sodda va oson variantlarini sizlarga havola qilamiz.
1. Demak, birinchi navbatda 3 1 stakan unni idishga elaymiz.
2. Keyin unga 1 stakan shakar va 0,5 choy qoshiq iste’mol sodasi solamiz.
3. Endi esa tuxum sarig‘i va smetanani solsa ham bo‘ladi.
4. Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtirib qattiq bo‘lmagan xamir qoramiz. Tayyor xamirni 0,5 soatga muzlatgichga olib qo‘yamiz. Xamirni ozgina qismini pishiriq ustiga sepish uchun shtreyzel tayyorlash esingizdan chiqmasin.
5. Ungacha tuxum oqini yaxshilab qattiq ko‘pik hosil bo‘lgunga qadar, ko‘pirtiramiz. So‘ng tvorogli massaga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
6. Endi xamirni yoyib, ma’lum bir joylarini pichoq bilan teshib, o‘rta olovga duxovkaga yarim tayyor bo‘lgunga qadar pishirib olamiz (usti qizarib ketmasligiga ahamiyat bering).
7. Yarim tayyor xamir sovugandan keyin uning ustiga tvorogli massamizni bir tekis qilib solamiz. Va yana duxovkaga solib 25-30 daqiqa ichida to‘liq pishirib olamiz.
8. Belgilangan vaqt o‘tgandan keyin hohishga ko‘ra, ustiga kokos urvog‘ini sepishingiz mumkin.