"Afganskiy" napoleoni
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Desertlar
- 2016-02-09 14:35:39
- 1
- 0
- 33180
Masalliqlar
- un - 4 stakan
- shakar - 2 stakan
- sariyog' - 500 gr
- tuxum - 6 dona
- soda - 1 choy qoshiq
- quyultirilgan sut - 1 dona
- smetana - 400 gr
- margarin - 400 gr
- yong‘oq - 1 stakan
Tayyorlash usuli
1. 4 1 stakan unni idishga elab, margarinni qirg‘ichdan o‘tkazing. So‘ng, ikkalasini urvoq holatiga kelguncha aralashtiring (margarin yumshoq bo‘lmasligi kerak).
2. Ustiga sodani solib yaxshilab aralashtiring (sodani smetana ichiga solsa ham bo‘ladi).
3. Ketidan tuxum sarig‘i, shakar va smetanani soling.
4. Endi esa hammasini yaxshilab aralashtirib, xamir qoring. Pishiriqning kremini tayyorlagunga qadar xamirni 4 bo‘lakka bo‘lib, muzlatgichga solib qo‘ying.
5. Bezeni tayyorlash uchun tuxum oqini 1 stakan shakar bilan ikser yordamida ko‘pirtiring va maydalangan yong‘oqlarni soling.
6. Endi esa, ko‘pirtirilgan tuxum oqini 4 bo‘lakga bo‘lib, har bir yoyilgan xamir ustiga surib chiqing. Pishiriqning har bir qavatini duxovkada o‘rta olovda pishiring.
7. Pishgan xamirlar yaxshilab sovugunicha krem tayyorlashga o‘tamiz. Buning uchun sariyog‘ni xona haroratida eritib, asta-sekinlik bilan qoshiq keyin esa mikserda oqarguncha ko‘pirtiring.
8. Oq tusga kirgan sariyog‘ga oz-ozdan qaynatilgan sgushyonkani (varyonka) solib mikserda aralashtirishni davom ettiring.
9. Va nihoyat oxirgi bosqichga yetib keldik. Endi har bir xamir ustiga kremni 4 ga taqsimlab surtib chiqing. Ustidan hohishga ko‘ra kokos urvog‘ini sepsangiz ham bo‘ladi.
10. So‘ng har bir xamirni bir-birini ustiga qo‘yib, muzlatgichga kremi xamirga singish uchun olib qo‘ying.
11. Ushbu pishiriqni tayyorlanishi juda murakkab bo‘lsada, ammo natijada Siz va oila a’zolaringizni mazali, to‘yimli desert kutmoqda. Yoqimli ishtaha!