Ismaloqli "kelinchak" borek

  • 2016-03-01 13:22:13
  • 0
  • 0
  • 9290

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 10 osh qoshiq
  • un - 2 stakan
  • tuxum - 2 dona
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 1 bir chimdim
  • sut - 1.5 stakan
  • qavartma - 1 osh qoshiq
  • pishloq - 200 gr
  • ismaloq - 300 gr
  • mol go'shti qiymasi - 300 gr

Tayyorlash usuli

Odatdagiday piyoz, qiyma, ismaloqni qovurib, bo’rekning ich masallig’ini tayyorlab olamiz, biroz ilisin.



Yufqaninq yana birini dumaloq idishimizga chetlarini balandroq qilib yoyamiz.



Yufqaning yana birini yoyib, iligan qiymali masalliqdan yoyib chiqamiz va ikki chekkasini biroz bukib, relet shaklida ohirigacha o’rab chiqamiz.



O’ragan ruletimizdan 2 barmoq qalinligida bo’laklar kesamiz va yufqa yoyilgan dumaloq idishimizga yuqoriga qaratib terib chiqamiz. Qolgan 2 yufqani ham shu tahlit o'rab, kesib, joylang.



Bo’rek sousi uchun butun masalliqlarni aralashtirib, ustidan tekis qilib sepib chiqamiz.







Ustiga sous to'kilgan bo'regimizni 180 darajada 1 soatga yaqin pishiramiz.