Svetayevskiy
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 70 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 3236.64 ккал
- 2016-03-01 14:39:51
- 0
- 0
- 11017
Masalliqlar
- un - 300 gr
- shakar - 6 osh qoshiq
- tuxum - 1 dona
- olma - 500 gr
- smetana - 300 gr
- qavartma - 1 choy qoshiq
- margarin - 100 gr
Tayyorlash usuli
Olmaning nordon ta’miga to‘yingan ushbu pirog yozning jazirama kunlarida
oilangizning choy dasturxonida o‘zgacha o‘ringa ega bo‘ladi. Uni
albatta tayyorlab ko‘ring!
1. Pirog xamirini tayyorlash uchun yumshagan margarinni shakar bilan aralashtiramiz.
2. Smetana qo‘shib, yana aralashtiramiz.
3. Un, yumshatgichni qo‘shib, aralashtiramiz va qo‘limiz yordamida xamirni dumaloq shaklga keltiramiz. Sovitgichda 20-30 minutga qoldiramiz.
4. Endi ustiga quyiladigan aralashmani tayyorlaymiz. Smetana, shakar, tuxum va unni idishda aralashtirib, mikser yordamida biroz ko‘pirtiramiz.
5. Olmalarning po‘stlog‘ini olib tashlab, mayda va yupqa qilib to‘g‘raymiz.
6. Xamirni sovitgichdan olib, formaga chetlarini biroz chiqarib yoyib qo‘yamiz.
7. Xamir ustiga olma bo‘lakchalarini terib chiqamiz.
8. Ustiga quyish uchun tayyorlagan aralashmamizni olmalar yuziga ehtiyotkorlik bilan quyamiz. U butun pirog yuzasini qoplashi kerak. 180 gradus issiqlikda qizdirilgan duxovkada taxminan 50 daqiqa davomida pishiramiz.
9. Pirog pishib chiqqach, uni biroz sovitamiz.
Olmali pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!