Shirguruch

  • 2015-09-15 16:18:36
  • 0
  • 0
  • 34426

Masalliqlar

  • shakar - 1 ta'bga ko'ra
  • sariyog' - 50 gr
  • guruch - 1.5 kg
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • sut - 1 litr

Tayyorlash usuli

Qozonda qaynayotgan 1 litr suvga 1 choy qoshig‘ida tuz solasiz. Unga terib, yuvib tayyorlangan guruch solib chala pishirib olasiz. So‘ngra ortiqcha suvi bo‘lsa to‘kib tashlab sutni quyasizda muntazam kovlab pishirasiz. Aks holda qirmoch olib ketadi. Guruchi yumshab, ilashimlik bo‘lganda pishgan hisoblanadi.

Dasturxonga tortishda laganga yoki likopchlarga yassi qilib suzib o‘rtasiga sariyog‘, yuziga shakar sepib keltirasiz.