Kividan murabbo

  • 2016-06-14 14:54:04
  • 0
  • 0
  • 7433

Masalliqlar

  • banan - 1 dona
  • shakar - 250 gr
  • limon sharbati - 0.5 dona
  • kivi - 5 dona
  • jelatin - 1 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

Kivi va bananni po'stlog'idan tozalab ularni mayda to'g'rang. To'g'ralgan mevalarga limon sharbatini sepib qo'ying ozroq vaqt tursin. Keyin ustiga jelatin va shakarni sepib gazga qo'ying. Murabboni 5-7 daqiqa davomida qaynating. Quyuq va hushbo'y murabbo tayyor!