Kimpab
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 20 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2176.7 ккал
- 2016-07-16 12:37:20
- 0
- 0
- 12444
Masalliqlar
- sabzi - 1 dona
- bodring - 1 dona
- guruch - 300 gr
- tuxum - 2 dona
- krab tayoqchalari - 6 dona
- kolbasa doktor - 200 gr
- dengiz karami (kim) - 6 dona
Tayyorlash usuli
1. Umumiy ma'lumot
Koreys milliy taomi - Kimbap judayam to'yimli va foydali bo'lib uni ayniqsa bolajonlar sevib iste'mol qilishadi.
2. Masalliqlar ro'yxati
- Kim - dengiz karami (Korzinka va boshqa supermarketlardan topishingiz mumkin)
- 1 dona bodring
- 1 dona sabzi
- 2 dona tuxum
- 300 gr guruch
- 200 gr krab tayoqchalari
- 200 gr kolbasa
- Guruchni multivarkada yoki qozonda tuzli suvda qaynatib kimning ustiga 2-3mm qalinlikda yoyamiz.
- Tuxum, krab va kolbasani qovurib, sabzini qaynatib olamiz va uzunchoq shaklda kesamiz. Bodringni xam shu shaklda kesamiz va xamma masalliqlarni guruch ustiga joylashtiramiz.
- Dengiz karamini o'rab quyidagi shaklga keltiramiz.
- Kimpab tayoqchasi pichoq xo'l holatida qulay kesiladi. Taom tayyor - yoqimli ishtaha!
Hurmat ila,
Pazandaxon
16/7/16