Shokoladli tort
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 6060 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 5383.2 ккал
- 2016-07-21 13:19:05
- 0
- 0
- 30570
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
- un - 1 stakan
- shakar - 1 stakan
- sariyog' - 200 gr
- tuxum - 4 dona
- suv - 3 osh qoshiq
- soda - 1 choy qoshiq
- quyultirilgan sut - 300 gr
- kakao kukuni - 3 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Tort xamirini tayyorlash :
- Tuxum va shakarni mikser yordamida kopirtirib (2-3 daqiqa), yog' va iliq suv qoshamiz.
- Alohida idishda un, kakao, soda aralashtirib, yuqoridagi massaga qo'shamiz.
- Suyuq xamir hosil bo'ladi.
- Yog'langan qolipga solib 180 ℃ qizigan duxovkada 25-30 daqiqa pishirib olamiz.
- Pishgandan so'ng o'chirilgan duxovkada yana 10 daqiqa qoldiramiz.
Krem tayyorlash:
- Xona haroratida yumshagan saryog'ni oqish rangga kelguncha mikserda aralashtiramiz.
- Oz-ozdan quyultirilgan sut qo'shib aralashtitishda davom etamiz. Krem tayyor.
Sovugan tortni 3 bo'lakka bo'lib orasiga krem surtamiz. Tort yuzini xoxishga qarab bezatishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!