Pesochnoye pechenye
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 2506.1 ккал
- 2016-07-29 06:37:19
- 0
- 0
- 10036
Masalliqlar
- un - 12-15 osh qoshiq
- shakar - 200 gr
- tuxum - 1 dona
- tuz - 0,5 choy qoshiq
- soda - 0,5 choy qoshiq
- qatiq - 200 gr
- margarin - 200 gr
Tayyorlash usuli
Tayyorlash:
- Xona haroratida yumshagan margarin va shakarni mikserda aralashtiramiz.
- Qatiqqa soda solib 5 daqiqa olib qo'yamiz.
- Tuxumni o'zini yaxshilab aralashtirib qatiqni qo'shamiz va yuqoridagi massaga oz-ozdan solib, mikserda aralashtirishda davom etamiz.
- Tuz va yumshoq xamir bo'lguncha un solinadi.
- Qo'lga yopishmaydigan, yumshoq, mayin xamir hosil bo'ladi.
- Selafanga solib 30 daqiqa muzlatgichga qo'yamiz.
- Xamirni 1-2 sm qalinlikda yoyib mayda figuralar ( 50-60ta ) kesib olamiz.
- Qizigan duxovkada 15 daqiqa(oltin rang bo'lguncha) pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!