Teh tarik choyi

  • 2016-08-06 00:58:44
  • 0
  • 0
  • 6570

Masalliqlar

  • quyultirilgan sut - 2 osh qoshiq
  • qaynatilgan suv - 1 stakan
  • choy (qora) - 2 dona

Tayyorlash usuli


Bu choy Malayziyada juda keng tarqalgan ichimliklardan biri bo'lib, so'zma-so'z tarjima qilganda teh tarik- ko'pikli choy ma'nosini anglatadi. Tayyorlash oson va ta'mi juda ajoyibdir.

Tayyorlash:

  • Krujkaga 2ta paketchali qora choyni solib qaynagan suv quyasiz. Achchiq choy bo'lguncha 2-3 daqiqa turadi.
  • Choy paketchalarini olib tashlab quyultirilgan sut solasiz va qoshiq toza bo'lguncha yaxshilab aralashtirasiz.
  • Tayyor bo'lgan ichimlikni idishga quyib so'ng yana krujkaga qaytarib solasiz (Xuddi choy sovutgandek).Idishlarni birini balandroq 2-sini pastroq ushlab jarayonni qayta - qayta takrorlaysiz. (10~12 marotaba).

  • Choy yuzida qalin ko'pik hosil bo'lgach jarayon to'xtatiladi.

Mazali choy tayyor!

Xoxishga qarab qaynoqqina choy yoki muz bo'lakchalari solib yaxna ichimlik sifatida ichishingiz mumkin.