Bibimbap

  • 2016-08-17 08:54:52
  • 0
  • 0
  • 10005

Masalliqlar

  • mol go'shti - 100 gr
  • sabzi - qizil - 1 dona
  • bodring - 1 dona
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • shakar - ta'bga ko'ra
  • guruch - 300 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
  • ismaloq - 1 bog‘
  • kunjut - yog'i - 3 osh qoshiq
  • pektin - soya novdasi - 200 gr
  • soya sousi - 2 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Ismaloqdan tayyorlash mumkin bo'lgan taomlardan biri - korea taomi bibimbap.

Tayyorlash usuli:

  • Guruchni multivarkada pishirib olamiz.
  • Xamma masalliqlarni somoncha to'g'raymiz.
  • Go'shtni marinovka qilib qo'yamiz.
  • Ismaloqni yuqoridagi retsept asosida pishirib olamiz.
  • Soya novdasini suvda 1-2 daqiqa qaynatib, kunjut yog'i, chesnok va tuz solib aralashtiramiz.
  • Sabzi va bodringni suvi chiqib ketishi uchun ozgina tuz sepib qo'yamiz.
  • Tovaga ozgina yog' solib sabzini 1 daqiqa qovurib, idishga solamiz.
  • Yana ozgina yog' solib bulg'or qalampiri, bodringni ham qovurib olamiz. Qovurilgan masalliqlarni alohida-alohida idishga solamiz.
  • Go'shtni ham yaxshilab qovurib olamiz.
  • Chuqurroq tarelkani yog'lab avval guruchni so'ng pishgan masalliqlarni guruch ustiga yonma-yon terib chiqamiz. Yuziga qovurilgan tuxum va qalampir pastasi solib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Go'shtni marinovka qilish: To'g'ralgan go'shtga 1 choy qoshiq soya sousi, kunjut yog'i, shakar, tuz va chesnok solib yaxshilab aralashtiramiz va yarim soatga olib qo'yamiz. Shunda go'sht mazali va yumshoq pishadi.