Kimchi - tofu sho'rva (Chamchi chige)
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 20 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 224.9 ккал
- 2016-08-25 10:24:45
- 0
- 0
- 9242
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- ko'k piyoz - 2 dona
- sarimsoqpiyoz donasi - 1 dona
- acchchiq qizil qalampir - 1 dona
- tofu - 200 gr
- kimchi - 100 gr
- qalampir kukuni - 1 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
Chamchi chige - korea xalqining milliy taomlaridan biri bo'lib, tayyorlash juda ham oson va kam vaqt oluvchi taomdir.
- Qozonga kimchini to'g'rab solamiz.
- Ustidan 2stakan suv quyib qaynatamiz.
- Qaynab chiqqandan so'ng piyoz, tuna, qalampir kukuni, maydalangan chesnok solib qozon qopqog'ini yopamiz.15 daqiqa past olovda qaynaydi.
- Tofuni kesib sho'rva yuziga asta solamiz.
- Ko'k piyoz va qalampirni ham solib yana 5 daqiqa qaynatamiz. Taom tayyor. Issiqligida guruch bilan birga tanavvul qilamiz.