Pitsa
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 1657.16 ккал
- 2016-08-27 14:32:34
- 0
- 0
- 21071
Masalliqlar
- pomidor - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 100 gr
- bulg'or qalampir - 1 dona
- un - ta'bga ko'ra
- shakar - 1 osh qoshiq
- tuz - 1 choy qoshiq
- xamirturush - 1 osh qoshiq
- ko'k piyoz - 2 dona
- sut - 250 gr
- pishloq - 100 gr
- qaynatilgan suv - 250 gr
- ismaloq - 100 gr
- ketchup - ta'bga ko'ra
- sosiska - 2 dona
Tayyorlash usuli
- Sutni ilitamiz.
- Iliq sutga xamirturush va shakar solib 10 daqiqaga olib qo'yamiz.
- Suv, tuz, yog' qo'shib aralashtiramiz.
- Unni elab solamiz.
- 5 daqiqa xamirni mushtlaymiz va o'rab qo'yamiz.
- Xamir oshgandan so'ng 2 bo'lakka bo'lamiz.
- Xar birini o'qlov yordamida yoyib chiqamiz.
- Yoyilgan xamirlarni ustini yopib yana 10 daqiqa dam oldiramiz.
- Xamir yuziga ketma-ket masalliqlarni terib chiqamiz:
- Ketchup
- Qirg'ichdan chiqarilgan pishloq
- Parrak-parrak to'g'ralgan sosiska
- Pishirib olingan ismaloq
- Somoncha to'g'ralgan qizil bulg'or qalampiri
- Oxirida yana pishloq. Bu masalliqlar 1- xamiri uchun. 2-xamir yuziga:
-Ketchup
-Qirg'ichdan chiqarilgan pishloq
-Kubik to'g'ralgan bulg'or qalampiri
-Tilim-tilim kesilgan pomidor
-Ko'k piyoz
-Pishloq
Pitsani 200 darajada qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. Pitsamiz tayyor. Yoqimli ishtaha! Pitsani xoxishga qarab istalgan sabzavot yoki mevalardan tayyorlash mumkin.