Baqlajonli say
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 10 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 285.48 ккал
- 2016-08-29 10:54:37
- 0
- 0
- 10787
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- baqlajon - 2 dona
- pomidor - 2 dona
- bodring - 1 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- bulg'or qalampir - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- sarimsoqpiyoz donasi - 1 dona
Tayyorlash usuli
- Tovaga kunjut yogidan solib piyozni qizartirib qovurib olamiz.
- Somoncha to'g'ralgan bulgor qalampirini solib qovurishda davom etamiz.
- Parrak to'g'ralgan baqlajon, so'ng pomidor, tuz solib qovurib 2daqiqa dimlab qo'yamiz.
- Olovni o'chirib sarimsoqpiyoz va somoncha to'g'ralgan bodringni solib aralashtiramiz.
- Salat tayyor. Yoqimli ishtaha!