Korn dog
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 2046.9 ккал
- 2016-09-02 10:01:08
- 0
- 0
- 13683
Masalliqlar
- bulg'or qalampir - kukuni - 1 choy qoshiq
- un - 0,5 stakan
- shakar - 1 osh qoshiq
- tuxum - 1 dona
- tuz - 0,5 choy qoshiq
- soda - 1 choy qoshiq
- sut - 0,5 stakan
- jo'xori uni - 0,5 stakan
- sosiska - 5 dona
- cho‘pchalar - 10 dona
Tayyorlash usuli
Korn dog
Barcha quruq masalliqlarni aralashtirib olamiz.
Sut va tuxumni qoshib bo'tqasimon xamir tayyorlaymiz.
Rasmdagidek xamir bo'lishiga e'tibor bering (agar suyuq bo'lib ketsa sosiskani ushlolmay qoladi, judayam quyuq bo'lsa ichi pishmay qoladi).
Sosiskalarni suvda bir yuvib olib qog'oz salfetkaga artamiz.
O'rtasidan 2ga bo'lib 10 ta sosiska qilib olamiz.
So'ng cho'pchalarni suqib, 1-unga keyin esa aralshmaga botiramiz (aralashmani krujka yoki chuqurroq idishga solsangiz qulay bo'ladi).
Tovaga 2 sm balandlikda yog' solib qizdirib olamiz.
Qizigan yog'ga sosiskalarni solib o'rtadan pastroq olovda xar bir tomonini 2 daqiqadan qizartirib pishiramiz.